08:00 / 10.02.2020
2 562

Koronavirus sababli 400 dan ortiq kompaniyaning daromadi pasayib ketishi ma’lum qilindi

Koronavirus sababli 400 dan ortiq kompaniyaning daromadi pasayib ketishi ma’lum qilindi
Foto: «TASS»
Amenity Analytics kompaniyasi yangi turdagi koronavirusning moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini kuzatib boruvchi tizimni ishga tushirdi, deb xabar berdi «RBK»ga asosan Daryo.
Tizim kompaniyalarning ushbu virus tilga olingan bayonot va hisobotlarini tahlil qiladi.

Ma’lum qilinishicha, 421 ta kompaniya joriy yilning birinchi choragidagi daromadlari to‘g‘risidagi hisobotlarida Xitoyda tarqalgan koronavirus moliyaviy natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirgan. Bu kompaniyalarning 394 tasi AQSHda joylashgan.

Koronavirusning salbiy ta’siri haqida eng ko‘p xavotir Xitoydagi yirik tezkor ovqatlanish tarmog‘i bo‘lgan Yum China korporatsiyasi tomonidan bildirilgan. Uning boshqaruvida KFC, Pizza Hut va Taco Bell kabi brendlarga qarashli restoranlar mavjud.

Moda sohasida esa Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH), Capri Holdings va Estee Lauder kabi kompaniyalar virusning salbiy ta’siri haqida so‘z yuritgan.
Shuningdek, koronavirusning birinchi chorakdagi salbiy ta’siri to‘g‘risida Apple, Nike, Starbucks, McDonald’s kabi yirik kompaniyalar ham ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 800 nafardan oshib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus sababli 400 dan ortiq kompaniyaning daromadi pasayib ketishi ma’lum qilindi