Eron Simorgh (Semurg‘) raketa-tashuvchisi yordamida Zafar sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi. Bu haqda 9 fevralda IRIB telekanali xabar berdi.
Raketaning uchirilishi va barcha tayyorgarlik jarayoni hech qanday ko‘ngilsizliklarsiz o‘tgan. Raketa Imom Humayniy nomidagi kosmodromdan uchirilgan.
Biroq startdan biroz o‘tib, sun’iy yo‘ldosh belgilangan orbitaga yetish uchun kerakli tezlikka erisha olmagan. Dastlab sun’iy yo‘ldoshni 530 km balandlikka chiqarish rejalashtirilgandi.
Qurilma foydali qazilmalar izlash, o‘rmonlar holatini baholash va ehtimoliy tabiiy ofatlarni kuzatish uchun Yer sirtini suratga oladi. Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh ovozli xabarlarni uzata oladi.
Ma’lum qilinishicha, 2019 yil yanvarda Eron Payam sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga chiqarishga muvaffaqiyatsiz urinishni amalga oshirgan. O‘shanda ham qurilma kerakli orbitaga chiqarila olinmagan.
Keyinroq bir qator davlatlar Eronni BMT Xavfsizlik kengashining 2231-sonli rezolyutsiyasini buzishda ayblagan. Hujjat rasmiy Tehronga raketalar uchirishni taqiqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi