date
views 2 562

Bred Pitt Oskar marosimida Trampning impichmenti haqida nima dedi?

Bred Pitt Oskar marosimida Trampning impichmenti haqida nima dedi?
Yakshanba kuni Gollivud aktyori Bred Pitt Oskar marosimida AQSH prezidenti Donald Trampning muvaffaqiyatsiz impichmenti mavzusini bexosdan eslatib o‘tdi.

Bred Pitt Kventin Tarantinoning "Bir zamonlar Gollivudda" filmidagi roli uchun "eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor" nominatsiyasida olgan "Oskar"ni ushlab, tomoshabinlarga murojaat qildi:
"Menga, senda atigi 45 soniya gapirish imkoning bor, deb aytishdi. Har xolda Senat tomonidan Trampga impichment paytida Jon Boltonga berilgan vaqtdan 45 sekundga ko‘proq ekan".

Bolton, Trampning sobiq milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi va sudda u asosiy guvoh bo‘lishi mumkin edi, ammo u Senatga negadir chaqirilmadi.

"Shunday qilib, ehtimol Kventinga bu haqda film suratga olish kerak bo‘lar", deb qo‘shib qo‘ydi aktyor.
Marosimdan so‘ng, aktyor jurnalistlarga o‘tgan hafta voqealaridan Senat Donald Trampni oqlagani uchun u juda xafa bo‘lganini tushuntirdi.

"Menimcha, garchi taqiqlanmagan hiyla bilan shubhali bo‘lsa ham g‘alaba qozonish san’ati, to‘g‘ri narsalar ustidan hukmronlik qilayotganidan siz ham befarq bo‘la olmaysiz. O‘z o‘rnida men ham bunga jiddiy qarayman", deydi Pittning gaplaridan iqtibos keltirib Fox News nashri.

Bred Pitt o‘zining tantanali nutqida, shuningdek, aktrisa Anjelina Joliga qadar bo‘lgan farzandlari haqida aytib o‘tdi. "Farzandlarimiz hamma narsaga va qilayotgan ishlarimga mazmun beradilar", deb aktyor gapini tugatdi. Ularning 3 nafar qizi va uch o‘g‘li bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bred Pitt Oskar marosimida Trampning impichmenti haqida nima dedi?