2 657
Tramp Rossiyaning Yevropa va Osiyodagi ta’siriga qarshi kurashish uchun Kongressdan 700 mln dollardan ko‘proq pul ajratishni so‘radi
Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp administratsiyasi oktabr oyida boshlanadigan 2021-moliyaviy yil uchun budjet loyihasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza. Unda daromadlar miqdori 3,7 trillion, xarajatlar esa 4,79 trillion bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Unda Oq uy «Rossiya ta’siriga» qarshi turish uchun 700 million dollardan ko‘proq mablag‘ ajratishni taklif qilgan. Bu pullar AQSHning Yevropa va Osiyodagi ittifoqchilariga umumiy xavfsizlikni mustahkamlash va hududiy yaxlitlikni himoya qilish uchun jalb etiladi.
Bundan tashqari, mablag‘larning bir qismi Rossiya qurolidan voz kechishni qo‘llab-quvvatlash va Rossiya energetikasiga tobelikni kamaytirish uchun sarflash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, «Rossiya dezinformatsiyasi va targ‘iboti»ga qarshi kurash uchun 24 million dollar ajratish taklif qilinmoqda.
Bu Donald Tramp administratsiyasi tomonidan AQSHda 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari oldidan taklif qilingan so‘nggi budjet loyihasidir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi