08:46 / 15.02.2020
6 648

AQSHdagi o‘zbekistonlik haydovchi bir oyda qancha daromad topadi? (Video)

AQSHdagi o‘zbekistonlik haydovchi bir oyda qancha daromad topadi? (Video)
Bu haqda Amerikada ishlab yurgan haydovchi yigit o‘zbek jurnalistlariga batafsil so‘zlab berdi.

“Bu yerda kirakash takchi haydovchilarining samarali faoliyat olib borishi uchun barcha sharoit yetarli. Benzin olishda hech qanday muammo yo‘q. Masalan, 20 AQSH dollariga bakni benzinga to‘ldirib olish mumkin. Bir kunda 450-500 dollar ishlab topaman. Xotinim enagalik qiladi, bola qaraydi. U ham bir oyda shuncha pul topadi. Har oyda xotinim bilan ikkalamiz ishlab 4500 dollar yuborishim mumkin.

Bu pulga bu yerda bitta mashina sotib olishim mumkin. Ikki oy pul jamg‘arsam bemalol kichik magazin olsam bo‘ladi. Bu mamlakatda ishlab topayotgan oylik daromadimdan qoniqyapman. Kredit olsangiz ham ko‘p ovoragarchilik bo‘lmaydi. Hech kim hech qanday hujjat so‘ramaydi. Haydovchilik guvohnomangiz bo‘lsa bo‘lgani.

Faqatgina birinchi yili ish boshlaganingizda biroz qiynalishingiz mumkin. Oylik maoshingizni bemalol jamg‘arib bir yilda ikki marta chet elga, masalan Dubayga, Gavai orollariga oilangiz bilan borib dam olib kelishingiz mumkin”, - deydi ushbu haydovchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHdagi o‘zbekistonlik haydovchi bir oyda qancha daromad topadi? (Video)