
AQSH harbiy havo kuchlari harbiy xizmatchilariga qo‘yiladigan dress-kod talablari soddalashtirildi.
Yangi tartibga asosan, endilikda musulmonlar va sikxlarga soqol o‘stirish, ro‘mol va dastor o‘rashga ruxsat beriladi.
Shu bilan birga, qoidalarda harbiy xizmatchining tashqi ko‘rinishi «ozoda va konservativ» bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Kishi o‘ziga qaray olmasligi ehtimoli bo‘lgan muayyan shart-sharoitlar bundan mustasno.
Ta’kidlanishicha, AQSH HHKning ba’zi harbiy qismlarida yangi tartib amal qila boshlagan. Telekanal o‘z saytida boshiga dastor o‘ragan uchuvchi suratini ilova qilgan:

Nyu-Jersidagi McGuire-Dix-Lakehurst bazasi xizmatchisi
Foto: Harmeet Kaur /CNN - 2019 yil, dekabr
AQSHHarbiy Havo KuchlariDress-KodSoqol O‘stirishRo‘mol O‘rashYangi Tartib O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar