Foto: AP Photo/Kin Cheung
Uxan ma’muriyati koronavirus tarqalishi avj olgan shaharda karantin rejimini kuchaytirdi. Partiya rahbariyati tomonidan e’lon qilingan qarorga muvofiq, 14 fevraldan fuqarolarning o‘z tumanlaridan chiqishiga cheklov qo‘yildi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, har bir kishi tana harorati o‘lchab boriladigan yagona nazorat-o‘tkazish punkti orqali shaharning bir qismidan boshqasiga o‘tishi mumkin bo‘ladi. Rasmiylarning alohida ta’kidlanishicha, nazorat punktidan o‘tish uchun jiddiy sabab bo‘lishi kerak. Shifokor ko‘rsatmalariga binoan shaharning boshqa qismiga borishi kerak bo‘lgan fuqarolar uchun istisno qilinadi.
Xabarda aytilishicha, ushbu chora kasallik yanada tarqalishining oldini olish uchun zarurdir.
Xitoy Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, faqat so‘nggi bir sutka ichida Xubey provinsiyasida 139 kishi koronavirusdan vafot etdi, Uxanda 107ta o‘lim holati qayd etildi. Xuddi shu shaharda ko‘plab yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olindi.
Aynan Uxanda koronavirus dastlabki bor o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida aniqlandi. O‘shanda shahardagi dengiz mahsulotlari bozori kasallanish manbai deb taxmin qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi