Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyga aviadvigatellar va boshqa mahsulotlarni sotmoqchi ekanligini bildirdi va boshqa davlatlar bilan savdo-sotiqda «milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi bahona»ni ishlatmaslikka chaqirdi.
Avvalroq Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib AQSH prezidenti ma’muriyati Xitoyning Comac C919 laynerlari uchun Amerikaning General Electric va Fransiyaning Safran kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan LEAP 1C aviadvigatellarini yetkazib berishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Tramp Qo‘shma Shtatlar "doim ishlatiladigan milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi bahona bilan" boshqa davlatlar uchun Amerika mahsulotlariga ega bo‘lishni qiyinlashtira olmasligini aytdi.
"Biz Xitoy va boshqa davlatlarga o‘z mahsulotlarimizni sotishni istaymiz", - deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
"Biz bilan biznes yuritish imkonsiz bo‘lib qolishini istamaymiz. Bu buyurtmalarni boshqa kimdir olishinigina anglatadi. Masalan, men Xitoy bizning dunyodagi eng yaxshi aviadvigatellarimizni sotib olishini xohlayman", - deb qayd etdi AQSH prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi