Rossiya bilan ittifoq-davlatni yanada chuqurlashtirish borasida kelishmovchilik boshlanib, Moskva yana neft richagini ishga solishi tufayli keskinlashgach, Belarus hatto ramzlardagi sodiqligini ham qayta ko‘rib chiqmoqchi.
Suratda chap tarafdagi mamlakatning hozirgi gerbida globusda Belarus yonida ulkan Rossiya tasvirlangan bo‘lsa, yangi qabul qilinishi kutilayotgan gerbdagi (o‘ngda) globusda Rossiyaning kichik qismi keltirilgan va Yevropa qit’asiga katta joy ajratilgan.
Albatta, bunday o‘zgarish boshqa joyda ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin, lekin postsovet mintaqasida emas. Rossiya o‘zidan uzoqlashishga qaratilgan har qanday kichik ishorani ham og‘riqli qabul qiladi va bu jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Yaqqol misol - Ukraina.
Belarus esa shu paytgacha shu tarzda Rossiyaning jig‘iga tegib, bundan u yoki bu masalada savdolashish uchun ishlatgani va har safar suvdan quruq chiqqanining o‘zi qiziqarli. Hozir esa vaziyat boshqacha. Rossiya propagandasi Putin Lukashenko bilan hokkey paytida "gaplashib qo‘ygani" haqida bong urayotganiga qaramay, bu hech qanday natija bermagan.
Minskning bo‘yin egmayotgani vaziyatning ancha keskin bo‘lib turishini taxminlayapti. Ayniqsa, Qrim qo‘shib olinishi bilan bog‘liq "biz zo‘rmiz" kayfiyati deyarli butunlay tarqab ketgan, Putinning reytingi deyarli 30 foizgacha tushib ketgan, siyosiy tizim jiddiy o‘zgarishlarga uchrashi kutilayotgan bir paytda Moskva kichikroq bo‘lsa ham yana bir avantyuradan tap tortmasligi ham mumkin.
Rossiya nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, balki boshqa ko‘plab tashkilotlar bilan bog‘langan, ittifoq-davlat tuzgan eng yaqin ittifoqchisiga shunday bosim o‘tkazishga urinayotgan bir paytda Moskva boshchiligidagi integratsiyadan iqtisodiy manfaat emas, o‘z aytganini qildirmaguncha davom etadigan siyosiy bosim kutish mumkin.
Manba: @tashqaridaUZ “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi