19:30 / 23.02.2020
2 913

AQSHda 24 fevraldan grin karta berishning qat’iylashtirilgan tartibi amal qiladi

AQSHda 24 fevraldan grin karta berishning qat’iylashtirilgan tartibi amal qiladi
"Jiddiy davolanishni talab qiladigan" va "chet el fuqarosining o‘zini o‘zi ta’minlashi, maktab yoki ishga borishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan kasallik bilan og‘rigan” odamlarda doimiy yashashga ruxsatnoma olishda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

AQSH ma’muriyati 24 fevraldan AQSHda doimiy yashashga ruxsat berishning (grin karta) yangi qoidalarini joriy etishi mumkin, bu esa davlat nafaqalariga suyanadigan chet elliklar uchun jarayonni qat’iylashtiradi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati bergan bayonotda aytiladi, deb xabar berdi TASS.

Juma kuni AQSH Oliy sudi ushbu qoidalarni Illinoys shtatida bekor qilish talab qilingan so‘nggi da’voni rad etdi. "Biz Oliy sudning juma kuni "jamiyat uchun yuk"qoidalarini hayotga joriy etish bo‘yicha oxirgi sud taqiqlarini bekor qilganidan mamnunmiz. Natijada, Ichki xavfsizlik vazirligi ushbu qoidalarni dushanba kunidan boshlab amalga oshira boshlaydi ”, - deyiladi bayonotda.

Yanvar oyida Oliy sud shuningdek, AQSHning qolgan qismida ham qoidalarni joriy etishga ruxsat berib AQSH hokimiyatini qo‘llab-quvvatlab ovoz berdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yil oktabr oyining o‘rtalaridan kuchga kirishi kerak bo‘lgan farmoyish Nyu-York sudi tomonidan to‘sib qo‘yilgan edi.

Taklif etilayotgan qoidalarga muvofiq, grin karta olish uchun arizani ko‘rib chiqishda Medicaid imtiyozli tibbiy sug‘urtasidan foydalanish, oziq-ovqat talonlarini olish dasturida ishtirok etish va imtiyozli uy-joy sotib olish salbiy omillar hisoblanadi.

Shuningdek, "jiddiy davolanishni talab qiladigan" va "chet el fuqarosining o‘zini o‘zi ta’minlashi, maktab yoki ishga borishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan kasallik bilan og‘rigan” odamlarda ham doimiy yashashga ruxsatnoma olishda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Agar bunday odamda kasallikni davolash uchun pul to‘lashga yetarli mablag‘ bo‘lmasa ham xuddi shunday muammo bo‘ladi. Bundan tashqari, shaxsiy tibbiy sug‘urtaning yo‘qligi va mehnat bozoriga kirish uchun ingliz tilini yetarli darajada bilmaslik ham salbiy holat hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda 24 fevraldan grin karta berishning qat’iylashtirilgan tartibi amal qiladi