date
views 2 575

Britaniyaliklarga «Brekzit»dan keyin yangi rangdagi pasportlar beriladi

Britaniyaliklarga «Brekzit»dan keyin yangi rangdagi pasportlar beriladi
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson /Foto : Flickr
Britaniya hukumatining baholashicha, ko‘k rangli va zarhal yozuvli yangi pasportlar mart oyidan berila boshlanadi, joriy yil o‘rtalaridan faqat shu rangdagi pasportlarni olish mumkin bo‘ladi.

“Yevropa Ittifoqidan chiqish bizga milliy o‘ziga xosligimizni tiklash uchun ajoyib imkoniyat berdi”, deb aytgan Britaniya ichki ishlar vaziri Pritti Patel.

Britaniyada hozirda amalda bo‘lgan to‘q qizil pasportlar 1988 yilda Yevropa Ittifoqi tavsiyasiga ko‘ra berila boshlangan. Ko‘k rang britaniyaliklar pasportlarida 1921 yilda birinchi marta qo‘llangan.

Foto: Sky ntws
Yangi pasportda Britaniya fuqarosi haqidagi ma’lumotni saqlaydigan sahifa ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur texnologiyalar bo‘yicha ishlangan polikarbonatdan tayyorlanadi. Ushbu material o‘qni o‘tkazmaydigan oynani tayyorlashda ham qo‘llanadi. Pasport muqovasining orqa tomonida Birlashgan qirollik tarkibiga kiruvchi Angliya, Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya va Uels ramzlari tushiriladi.

Ichki ishlar vazirligida ta’kidlanishicha, yangi pasport uni qalbakilashtirish yanada qiyinroq bo‘lishi maqsadida “bosma va dizaynning eng yangi va eng xavfsiz usullari” bilan tayyorlanadi. Standart pasportlar avvalgidek 34 sahifadan, xorijga chiqish pasportlari esa 54 sahifadan iborat bo‘ladi.

2019 yil martida Britaniyada “Yevropa Ittifoqi” yozuvi bo‘lmagan yangi pasportlar berila boshlangan. Ushbu to‘q qizil rangdagi pasportlar Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etishi kerak bo‘lgan kunning ertasiga – 30 martdan joriy qilingan. Biroq o‘shanda “Brekzit” yuz bermagan.

Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibini rasman 2020 yil 31 yanvarda tark etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyaliklarga «Brekzit»dan keyin yangi rangdagi pasportlar beriladi