10:23 / 24.02.2020
2 937

Eron koronavirusga qarshi kurashga qurolli kuchlarni jalb etadi

Eron koronavirusga qarshi kurashga qurolli kuchlarni jalb etadi
Foto: The Guardian
Eron qurolli kuchlari koronavirusga qarshi kurashga jalb etiladi, islom respublikasi bu xavfni minimal yo‘qotishlar bilan yengib o‘tishga harakat qiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo nashri.

«Jamoatchilikning salomatligi uchun hamma davlat organlari, qurolli kuchlari, jamoat tashkilotlari barcha zarur choralarni ko‘radi. Biz imkon qadar kamroq yo‘qotishlar bilan eng qisqa fursatda kasallik ustidan nazorat o‘rnatishni maqsad qilganmiz», — dedi Ruhoniy.

Eronda hozirgi vaqtda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq kamida 43 ta holat qayd etilgan, bemorlardan yetti nafari vafot etgan. Ilk kasallanish holati 19 fevral kuni shialar uchun muqaddas hisoblangan Qum shahrida aniqlangan, asosiy o‘choq shu yerda.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, Erondagi koronavirus bemorlarining aksariyati yo Qum shahridan, yo Qumga borganlar. Ehtiyot chorasi sifatida Eronning bir qator viloyatlarida o‘quv muassasalari yopilgan, shuningdek, madaniy tadbirlar bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron koronavirusga qarshi kurashga qurolli kuchlarni jalb etadi