Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev va uning tarafdorlariga nisbatan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish ayblovi e’lon qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi vakili Qunduz Joldubayeva ma’lum qildi.
"Bugun prokuratura tomonidan Qo‘y-Toshdagi voqealar bo‘yicha jinoyat ishi ishtirokchilariga ayblov hujjatlari rasman topshirildi", - dedi Joldubayeva.
Uning ma’lumot berishicha, ushbu ish bo‘yicha Atamboyevdan tashqari yana 13 kishi, jumladan Joldubayevaning o‘zi, prezident apparatining sobiq rahbari Farid Niyazov, milliy parlament deputatlari Asel Koduranova va Irina Karamushkinalar ham ayblangan.
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari 7-8 avgust kunlari Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘ida uni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgandi. Amaliyot davomida maxsus xizmatlar xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qo‘llashgan. Sobiq prezidentning tarafdorlari bunga javoban o‘t ochishgan. Atamboyev tarafdorlari, shuningdek, 6 jangchini garovga olishgan.
Natijada bir kunga yaqin davom etgan to‘qnashuvlardan keyin Atamboyev taslim bo‘lishga qaror qilgan. Voqea vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir jangchi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi