14:50 / 26.02.2020
3 074

Olimlar kislorodsiz ham yashay oladigan sirli mavjudotni topdi

Olimlar kislorodsiz ham yashay oladigan sirli mavjudotni topdi
Foto: Science Alert
Olimlar yashashi uchun kislorod talab etilmaydigan ko‘p hujayrali hayvonni o‘rgandi. Bu haqda Science Alert nashriga tayanib Daryo ma’lum qildi.

Tadqiqotchilar losos baliqlaridagi rivojlanish bosqichlarining birida ko‘p hujayrali shaklga ega parazit – umurtqasizlar miksoporidiylar sinfiga mansub Henneguya zschokkei’ni o‘rgangan. Ular meduza va korall poliplari turkumiga mansub. Organizm gipoksik sharoitlarda, hatto kislorod yetishmagan vaqtda ham yashab qoladi.

Mutaxassislar hayvon genomi ketma-ketligini tahlil qilib, flourosent mikroskopiyani o‘tkazgan. Natijada parazit mitoxondriya genomini, shuningdek aerob nafas olish qobiliyatini yo‘qotgan. Mitoxonrial genlar funksiyalarini yadro DNK o‘z zimmasiga olgan. Ushbu natijalar parazitning haqiqatan ham yashab qolish uchun kislorodga ehtiyoj sezmaydigan ko‘p hujayrali organizm ekanini isbotladi.

Olimlar uning qaysi yo‘l bilan yashab qolayotganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgani yo‘q. Hayvon o‘zi yashaydigan organizmda adenozintrifosfat moddasini yutayotgan bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlarda bir hujayrali eukariot organizmlarning anaerob muhitiga moslashuvchanligi unikal holat emasligi, lekin ko‘p hujayrali parazit organizmlarda rivojlanishi mumkinligi isbotlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar kislorodsiz ham yashay oladigan sirli mavjudotni topdi