
Foto: «Bykvu.com»
Eronda koronavirusni yuqtirganlar soni 100 kishidan oshib ketdi. 139 bemordan 19 nafari hayot bilan vidolashdi, deydi Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jaxanpur. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar berdi.
«Kechagi kundan beri yana 44 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etildi. Shularni qo‘shib hisoblaganda ularning soni 139 nafarga yetdi», — deydi u Eron televideniyasi efirida.
Kianushning so‘zlariga ko‘ra, kechadan beri to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumgan. Shu tariqa, qurbonlar soni jami 19 kishiga yetdi. 44 ta yuqtirish holati esa 19 fevraldan beri eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar