Foto: Mikhail Klimentyev / REUTERS
Kreml Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uchrashuvini tashkillashtirish ustida ish olib bormoqda, deb ma’lum qildi Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat yetakchilari uchrashuvi 5 yoki 6 mart kuni Moskvada o‘tkaziladi.
Avvalroq Putin va Erdo‘g‘an yuzma-yuz uchrashishga kelishib olgani xabar qilingandi.
5 mart kuni Istanbulda Erdo‘g‘an, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Suriyaning Idlib provinsiyasida jiddiy eskalatsiya yuzaga kelgan: payshanba kuni kechqurungi havo hujumi oqibatida Turkiya armiyasining kamida 33 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Turkiya tomoni havo zarbalari «Suriya rejimi» harbiy-havo kuchlari tomonidan yo‘llanganini ma’lum qilgan. Suriyaning bosh ittifoqchisi Rossiya hujum nishoniga tushib qolgan turkiyalik harbiylar «terrorchilar orasida bo‘lgani»ni ma’lum qilgan. Turkiya buni inkor etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi