06:30 / 01.03.2020
3 454

Hindlar bir musulmon oilasini radikallardan qutqarib qoldi

Hindlar bir musulmon oilasini radikallardan qutqarib qoldi
Bir necha kun avval hindistonlik muslima ayol Safina kechqurun eshiklarining qattiq taqillashidan cho‘chib tushdi. Shol eri va ikki qizi bilan yashovchi ayol oshxonaning yonidagi kichkina derazadan diqqat bilan qarab, hind qo‘shnilarining notanish odamlar bilan tortishib turganini ko‘rdi.

Birmuncha vaqt o‘tgach, notanish odamlar ketdi, qo‘shnilaridan biri radikal millatchilar dahadagi yagona musulmon oilani jazolamoqchi bo‘lganini aytib, Safinani va uning oila a’zolarini o‘z uyiga taklif qildi.

Hind qo‘shni uyidan musulmon oilasiga joy berdi. Ertasi kuni yanada ko‘proq millatchilar to‘planishidan qo‘rqib, Rajkumar Bharadvadja Safinani oilasi bilan boshqa tumanga jo‘natib yubordi. Musulmon oilaga vaziyat yaxshilanganda qaytishni maslahat berdi, deya yozadi GulfNews.

Ularni qutqarib qolish oson bo‘lmadi. Isyonchilar bizdan nega musulmonlarni himoya qilayotganimizni so‘rashdi. Chunki shunday qilishimiz kerak, ular beayb xo‘rlanayotgan yurtdoshlarimiz”, – deydi Anil ismli hind.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindlar bir musulmon oilasini radikallardan qutqarib qoldi