06:50 / 04.03.2020
3 157

Efirda yangi filmlar...

Efirda yangi filmlar...
BBC xabarlarga ko‘ra mart oyining turli sanalaridan dunyo bo‘ylab efirga uzatiladigan filmlar ma’lum bo‘ldi: A quiet Place Part II (Tixoye mesto), Mulan, Military Wives (Voyennie jeni), The Hunt (Oxota), Onward (Daleye) , The Roads not taken (Dorogi ne vzyati), Bacurau, Radioactive, The truth (Pravda), Misbehaviour (Prostupok).

Ma’lumki, dunyo kinosi borgan sari o‘z tomoshabinlari soni bilan barchani hayratga solmoqda. Bu galgi filmlar reytingi ham avvalgilaridan ortda qolmaydi degan umiddamiz.

Kino olamida yangiliklar juda tezlik bilan tarqaladi. Bu galgi o‘ntalikdan dastlabkisi "A quiet Place"1-qismdayoq ko‘p daromad keltirgan edi, u so‘nggi yillarning tanqidchilar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, dahshatli filmi edi. Ikkinchi qismda ham rejissyor K. Jonning rafiqasi asosiy rolni yaratgan. Film 18-martdan efirga uzatilishi kutilmoqda.

“Mulan” barchamizga ma’lum Disney kompaniyasining Xitoy afsonasi asosida vatan himoyasi uchun jangchi qiyofasida imperiya armiyasida xizmat qilgan dovyurak qiz haqida edi. 25 martdan oynai jahonda namoyish etiladigan filmda animatsion qahramonni jonli tarzda tomosha qilish mumkin.

“Ov” filmi Britaniyada 11 martdan, AQSH va Shvetsiyada 13 mart sanasidan efirga uzatiluvchi satirik kulgiga boy kino.

Yangi filmlar ichida inson ruhiyatini savolga tutuvchi, g‘am-qayg‘uga, sog‘inch, muhabbatga to‘la voqealar tasviri bilan boyitilgan “The roads not taken” filmining alohida o‘rni bor. Ushbu filmlarni yaqin yillarda o‘zbek tilida ham kutib qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Efirda yangi filmlar...