
Xitoyning Xubey provinsiyasida koronavirusga chalinganlar uchun tezkorlikda qurilgan vaqtinchalik shifoxonalardan birinchisi yopildi.
Shifoxonadan oxirgi bemorlar chiqarilgach, shifoxona o‘z ishini to‘xtatishga qaror qilgan. Ushbu shifoxona koronavirusga chalinganlarni davolash uchun qurilgan 16 ta vaqtinchalik shifoxonalardan eng kattasi bo‘lgan.
Shifoxona rahbari oyning oxirigacha qolgan shifoxonalarni ham yopish rejalashtirilayotganini aytgan.
1 mart kuni Xubeyda 196 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Shu tariqa yangi kasallanish holatlarining kunlik o‘rtacha soni keskin kamaygan. Xitoyning qolgan shaharlarida ham kasallanganlar soni kamayib, bor-yo‘g‘i 6 ta yangi holat qayd etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar