
Skrinshot
Rossiyalik poraxo‘r amaldor tintuv payti ashyoviy dalilni yeb qo‘ydi. Chinovnikning qo‘lga olinishi haqidagi videorolikni Rossiya Tergov qo‘mitasi «YouTube»dagi kanaliga joyladi.
Voqea Irkutsk shahrida yuz bergan. Rosselxoznadzor boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari 160 ming rubl pora olayotgan payti qo‘lga olingan.
Tintuv payti kutilmaganda u stoldagi qog‘ozni olib, tezda yutib yuborgan va tiqilib qolgan. Uning qiynalib qolganini ko‘rgan FXX xodimi orqasiga urib qo‘yganini videolavhadan ko‘rish mumkin. FXX taxminlariga ko‘ra, qog‘ozda olingan poralar haqida ma’lumot bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar