Foto: «Sobyanin.ru»
Moskvada koronavirus sababli ish beruvchilarga o‘z xodimlarining tana haroratini tekshirish tavsiya qilinmoqda. Moskvada ommaviy ravishda aholining tana haroratini o‘lchash boshlandi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin o‘z blogida ma’lum qildi.
Bundan tashqari bolalar bog‘chalarida har kuni bolalarning haroratini o‘lchash joriy qilinmoqda. Shuningdek, Moskva metrosi yo‘lovchilarining ham tana harorati tanlov asosida o‘lchanadi.
Shahar merining ma’lum qilishicha, Moskvada kasallik aniqlangan birinchi kishi bilan aloqada bo‘lgan 24 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ular bemorning olti nafar qarindoshi, besh nafar do‘sti hamda u bilan Italiyadan bitta reysda uchib kelgan 13 kishi hisoblanadi. Bundan tashqari, yana 83 kishi karantinga joylashtirilgan.
Sobyaninning qayd etishicha, pnevmoniyaga chalingan barcha koronavirus bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Ularni davolash uchun alohida bo‘lim ajratilgan.
Italiyadan Moskvaga qaytgan Rossiya fuqarosi David Berovda koronavirus aniqlangani haqida 1 mart, yakshanba kuni, ma’lum qilingan. «Rospotrebnadzor» mazkur ma’lumotni tasdiqlagan.
Avvalroq Putin Rossiyada koronavirusga qarshi kurash davlat nazorati ostida ekanini ma’lum qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 88 ming kishidan oshib ketdi. Armanistonda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat, Avstraliyada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi. AQSHda koronavirusdan ikkinchi kishi vafot etdi.
Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda so‘nggi bir sutka ichida 42 ta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, yana 202 kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakatda umumiy hisobda kasallanganlar soni 80 026 kishiga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi