Ramzan Qodirov Trampning rejasini musulmon olamiga qarshi jinoyat deb baholadi

Ramzan Qodirov Trampning rejasini musulmon olamiga qarshi jinoyat deb baholadi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSH prezidenti Donald Trampning arab-isroil mojarosini tartibga solish to‘g‘risidagi rejasini butun musulmon olamiga qarshi jinoyat deb atadi. Bu haqda Ramzan Qodirov o‘zining "VKontakte"dagi sahifasiga yozib qoldirdi.

Qodirovning aytishicha, u Falastin prezidentining maslahatchisi, oliy sudya Mahmud Al-Xabash bilan uchrashgan. Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ular musulmon mamlakatlaridagi mojarolar G‘arb davlatlarining ishtiroki sabab yuzaga kelayotgani to‘g‘risidagi hamfikr bo‘lgan.

"Uchrashuv davomida men xalqaro huquq normalarini qo‘pol ravishda buzayotgan va butun musulmon olamiga qarshi jinoyat hisoblanuvchi ‘asr bitimi’ deb atalayotgan kelishuvni qoraladim", — deydi Ramzan Qodirov.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar