16:12 / 03.03.2020
2 973

Putinning intervyusi: Mishustin, Medvedev, Ukraina bilan munosabatlar va qiyofadoshi haqida

Putinning intervyusi: Mishustin, Medvedev, Ukraina bilan munosabatlar va qiyofadoshi haqida
Rossiya prezidenti Vladimir Putin TASS nashriga bergan intervyusida nima uchun Mixail Mishustinni bosh vazir etib tayinlagani, Ukraina bilan munosabatlar, qiyofadoshi bor-yo‘qligi haqida gapirdi.

Mixail Mishustin haqida
Bosh vazirlikka uchta nomzod, hatto to‘rtta nomzod taklif qilindi. Ammo ular orasida Mishustin yo‘q edi. Hech kim Mishustinni tilga olmadi. Mendan tashqari.

Vazirlar Mahkamasining bo‘lajak rahbarini tanlashda Mixail Vladimirovichning shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlarini hisobga olganman. Mishustinning Federal Soliq xizmati rahbari sifatidagi ish natijalari hisobga olingan. U nima qilish kerakligini tushunadigan, qanday qilish kerakligini biladigan va bajaradigan, aniq natijaga erishadigan yaxshi amaliyotchi.

Medvedev haqida
Dmitriy Anatolevich bilan munosabatlarimiz ko‘p yillardan beri juda ochiq, do‘stona. Bir-birimizdan yashiradigan sirimiz yo‘q. Shuning uchun u bilan iste’fo masalasini muhokama qildik. Avvaldan muhokama qildik va Medvedev nima bo‘lishidan xabardor edi.

Ukraina haqida
Umid oxirida o‘ladi. Afsuski, Zelenskiy Parijdan qaytgach, Minsk kelishuvini qaytadan ko‘rib chiqish haqida gapira boshladi. Bu savollar keltirib chiqaradi. Ammo shunga qaramasdan, asirlikdagi shaxslarni almashtirish va gaz bo‘yicha kelisha oldik.

Bugun va erta haqida haqida gapirish uchun tarixni, kelib chiqishimiz, bizni nima birlashtirib turishini bilishimiz kerak. bizni nima birlashtirib turishini unutmasligimiz lozim.

Loyihalar haqida
Menga «ura-ura» kerakmas. Menga mamlakat rivojlanishi kerak. Izchil, ishonchli va keng miqyosda. Birinchidan, oldimizga aniq vazifalarni qo‘yib oldik. Ikkinchidan, bu vazifalarni hal qilish uchun zarur resurslar hajmini, darajasini aniqlab olamiz. Uchinchidan, javobgar shaxslarni. Loyihalarning barchasi nazoratim ostida bo‘ladi. Ular ichida eng asosiysi – umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish. U qolgan barcha narsani aks ettiradi.

Qiyofadoshi haqida
Mening qiyofadoshim yo‘q. Bu mavzu ko‘tarilgandi. Ammo qiyofadoshdan voz kechganman. Bu terrorizmga qarshi kurashning og‘ir davrlarida, 2000-yillarda bo‘lgan.

Malakali kadrlar haqida
Yuqori malakali ishchilar o‘z bilimi, qobiliyati va aqlini yanada yaxshiroq qo‘llaydigan joylarni izlaydi. Va qayerda katta maosh to‘lashsa, o‘sha joyga ketadi. Davlat yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun sharoit yaratishi lozim. Ikkita yo‘li bor. Mahkam ushlab, qo‘yib yubormaslik, qo‘shimcha majburiyatlar yuklash. Aytaylik, odam oliy ma’lumot oldi, demak u keta olmaydi, shu yerda ishlashi shart yoki pullarni qaytarishi kerak. Inson davlatning puliga o‘qidimi, ishlab berishi yoki pullarni qaytarishi lozim. Takliflardan biri mana shu.

O‘z pulingizga o‘qigan bo‘lsangiz, istagan joyingizga ketishingiz va istagan joyingizda ishlashingiz mumkin. Ammo davlat hisobidan o‘qigan bo‘lsangiz, ayniqsa maqsadli yo‘nalishda, hudud sizning qaytib kelishingiz uchun pul sarflagan bo‘ladi...

Ikkinchi yo‘li esa – sharoit yaratish, yaxshi maosh to‘lash.

Elektromobillar, smartfonlar haqida
Menga juda qulay, chunki bularning hech biridan foydalanmayman. Menda boshqa imkoniyatlar yetarli. Maxsus aloqa go‘shagini ko‘tarsam bo‘ldi, menga har qanday abonentni topib berishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning intervyusi: Mishustin, Medvedev, Ukraina bilan munosabatlar va qiyofadoshi haqida