16:50 / 04.03.2020
2 769

Kommunist tabib mashhur ulamoni zaharlagan...

Kommunist tabib mashhur ulamoni zaharlagan...
O‘zimda ham bir voqea sodir bo‘lgan. O‘zim ko‘rgan va boshimdan kechirgan voqea. Atrofimdagi ba’zi kishilar ham o‘z boshlaridan shunga o‘xshash voqeani kechirishgan. 1957 yilda yosh, kommunist tabib yigitning xiyonati tufayli og‘ir dardga chalindim. U menga bir bakteriyani yuqtirdi. Uni havorang batsilla (Blue bacilli) deyishadi.

Bizning yurtimizda juda kam, noyob hisoblanadi. Meni buyrakdagi toshlardan shikoyatim bor edi. Vaqti-vaqti bilan bo‘ladigan buyrak xurujlaridan paydo bo‘ladigan og‘riqlarga chidardim. U og‘riqning hajmi qanaqa bo‘lishini boshidan o‘tkazgan biladi. U kasallikning yoniga yana bir boshqa, o‘zim kutmagan kasallik ham qo‘shildi.

O‘sha kunlarni Damashqdagi Markaziy Sihhat bosh shifoxonasida o‘tkazdim. Undan keyin Buyrak tibbiyot birlashmasida yotdim. U yerda bir necha o‘n oylab turdim. Keyin u yerdan ham chiqdim. Keyin yana o‘sha shifoxonaga qaytdim.

Shifoxonada har kuni ikki martadan siydik analiz olishardi. Bavlni yaxshilab tekshirishardi. Ish cho‘zilib, yuragim siqilib, Allohga yuzlandim. U Zotdan ikki rohatdan birini: agar men uchun shifo yaxshi bo‘lsa, shifo berishini, agar men uchun o‘lim yaxshi bo‘lsa, o‘lim berishini so‘rardim. Qolaversa, meni yaxshi ko‘radigan juda ko‘plab qarindoshlar, do‘stlar ham, garchi o‘zim bu muhabbatga loyiq, haqli bo‘lmasam-da, men uchun duo qilishardi.

O‘sha kuni niyatimni xolis qilib, Uning menga shifo berishga qodirligiga ishonib Allohga yuzlanganimda, og‘riq to‘xtadi. Buyrak xurujlari uzoqlashdi. Bavlni esa har kungidek tekshirdilar. Qarashsa, bavldagi juda ko‘plab zararli moddalar, kasallik belgilari kamayibdi. Shifokorlar hayratdan dahshatga tushishdi. Barchalari to‘planib, bahs qila boshladilar.

Men ularga: “Bu shifo tibbiyotingiz ortidan keldi deb o‘ylab o‘zlaringizni qiynamanglar. Bizlarga shifo berishda tibbiyotni, dorini sabab qilgan Alloh tibbiyot va dorisiz shifo berishga ham qodirdir” dedim.

Ali Tantoviy rahimahulloh

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kommunist tabib mashhur ulamoni zaharlagan...