Avstraliya mahalliy aholisi koronavirus qo‘rquviga hojatxona qog‘ozini sotib olish orqali javob berishmoqda.
Qizig‘i mamlakatning eng yirik shahri bo‘lgan Sidneyda supermarketlarning javonlari bir necha daqiqada tozalanib qolmoqda.
Politsiya chorshanba kuni ham mojarolarni bartaraf qilishga chaqirildi, xabarlarga ko‘ra, do‘konlarda xaridorlar orasida tajovuz holatlari ham kuzatilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda hojatxona qog‘ozi tanqisligi xabarlari tarqaldi. O‘ramlarni onlayn ravishda yuzlab dollarga sotib olishyapti, tinglovchilar radiostansiyalarga rulonli paketlarni yutib olishga chaqirilmoqda.
Avstraliyaliklar hojatxona qog‘ozi uchun ushbu haftada aqldan ozishdi.
Ahvol shu qadar yomonlashdiki, odamlar jamoat joylaridan o‘g‘irlashgani haqida ham xabarlar bor.
Faqat nima bo‘lyapti va nega odamlar bunday yo‘l tutishmoqda?
Hojatxona qog‘ozi muammosi faqat Avstraliya uchun xos emas - shunga o‘xshash vaziyatlar Singapur, Yaponiya va Gonkong singari virus yomon tarqalgan joylarni qamrab olgan.
AQSHda ham hojatxona qog‘ozlarini sotib olishayotgani haqida xabarlar bor. Bu holatlarga sabab koronavirusdan jon saqlash uchun ma’lum muddat odamlarning uylaridan chiqmay yashashlariga to‘g‘ri kelishi bo‘lmoqda. Vahimaga tushgan odamlar hojatxona qog‘ozlarini oldindan sotib olmoqdalar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi