16:30 / 10.03.2020
3 741

Koronavirusdan saqlanish uchun soqolni olib yurish kerakmi?

Koronavirusdan saqlanish uchun soqolni olib yurish kerakmi?
Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sayin, chalg‘ituvchi yoki yolg‘on xabarlar paydo bo‘lmoqda.
Hozirgacha Afrikada virusning tasdiqlangan holatlari nisbatan kam kuzatilgan, ammo qit’adagi ba’zi mamlakatlar rasmiylari hali ham noto‘g‘ri ma’lumotlarga duch kelishmoqda.

1. Virusdan himoyalanish uchun soqolingizni olishingiz kerakmi?
AQSH sog‘liqni saqlash ma’murlari tomonidan soqol va niqoblar to‘g‘risida yaratilgan eski grafikdan noto‘g‘ri foydalanishgan.
Nigeriya Punch gazetasining sarlavhasida: "Koronavirusdan saqlanish uchun soqolingizni oldiring, sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantirmoqda" deb yozilgan.

Bunday noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘plab davlatlarda turli usulda tarqalmoqda.
Soqol qo‘yib yuradigan kishilarda soqol shakliga qarab niqoblar muvofiqligi aytilgan.
Grafika haqiqiydir, ammo u 2017 yilda (koronavirus tarqalishidan oldin) mos keladigan niqob kiygan ishchilar uchun yaratilgan. Xabar qilinganlardan farqli o‘laroq, sog‘liqni saqlash markazi uni yaqinda nashr etmaganligi va odamlarga soqollarini olishlarini tavsiya etmayotgani aniqlandi.
Buyuk Britaniyadagi hozirgi sog‘liqni saqlash bo‘yicha maslahat shundan iboratki, niqoblar shifoxonalarda tibbiy xodimlar uchun foydalidir.

2. Nigeriya voizi koronavirus bilan kurashmoqda
Virusni davolay olaman deb da’vo qilgan injil voizi ham ayni mavzuga aylandi. Vaholanki, bu ham tarqalgan qalbaki ma’lumotlardan biri.

3. Taksi haydovchisi haqidagi yolg‘on xabarlar
Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus tashxisi qo‘yilgan nigeriyalik haydovchi haqida hikoya WhatsApp foydalanuvchilari tomonidan ulashilgan - ammo bu haqiqat emas.
Xabarga ko‘ra, taksi haydovchisi koronavirus tashxisi qo‘yilgan "oq tanli"ni karantin qilingan joyga olib borgan. Shunda Ogun shtati hukumati haydovchini kasalxonaga yotqizishni buyurgan.

Keyinchalik haydovchi koronavirus uchun ijobiy tekshiruvdan o‘tgach, kasalxonadan qochib, uning oilasiga 100 million naira (274 ming dollar) to‘lanmasa, virusni yuqtirish xavfi bilan tahdid qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusdan saqlanish uchun soqolni olib yurish kerakmi?