4 444
JSST koronavirusning yozda butunlay yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi xabarlar yolg‘onligini ma’lum qildi
Foto: Lincoln Journal Star
Yoz kelgach, yangi turdagi koronavirus COVID-19 butun dunyoda tarqalishdan to‘xtatishi haqidagi xabarlarni tasdiqlab bo‘lmaydi. Bu haqda tashkilotning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan ma’lum qilgan, deb yozmoqda «Interfaks»ga tayanib Daryo nashri.
«Hozircha virusning turli iqlim sharoitlaridagi faolligi va dinamikasi bo‘yicha ma’lumotlar juda kam. Virusning tarqalish xususiyati saqlanib qolishi mumkinligini tan olishimiz lozim», – deya ta’kidlagan Rayan Jenevada o‘tgan matbuot anjumanida.
«Virusning yozda yo‘q bo‘lib ketishiga umid qilish yolg‘onga ishonishdan boshqa narsa emas. Hozir bu taxminlarga ishonishga hech qanday asos yo‘q», – deya qo‘shimcha qilgan u.
Koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. 6 mart holatiga koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming nafardan oshgan, 3,4 ming nafardan ortiq odam pnevmoniyadan vafot etgan. Janubiy Koreya, Eron va Italiya koronavirus tarqalishi o‘ta yomon darajada kechayotgan uch mamlakat bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi