14:41 / 09.03.2020
6 329

Amerikalik olim va Qur’on

Amerikalik olim va Qur’on
Amerikalik olim – doktor Devid Uaythaus «Koinotning yakun topishi muqarrar» nomli maqolasida yozyapti:
«... Koinotning yaratilishi qattiq portlash bilan boshlangan edi. Mana shu paytdan boshlab koinot to‘xtovsiz kengayib bormoqda. Lekin bu kengayish abadiy emas. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, koinotning massasi kerakli – belgilangan darajaga yetib borganda, koinot o‘z-o‘zidan o‘ralib-yig‘ilib qoladi, ya’ni bunga tortishish kuchi sabab bo‘ladi. Bu – hammasi tamom deganidir!..»

Professor Mark Shvars esa «Kosmik «halokatli o‘ralish» koinotimizning halokatini boshlab berishi mumkin» maqolasida Stenford universiteti fizik professorlari Renata Kallosh va Andrey Rindning quyidagi xulosalarini keltirgan:
«...Koinot o‘ralib, biz hozir ko‘rib turgan va uzoq masofalardagi biz ko‘ra olmaydigan barcha narsalar proton zarrasidan ham kichik bo‘lgan nuqtaga yig‘ilib keladi... Juda ko‘p olimlar koinot kelajakda ana shunday inqirozga yuz tutadi, deb hisoblaydilar...»

Endi qo‘lingizga Qur’onni oling va «Anbiyo» surasidagi 104-oyatni o‘qing:
«U kunda Biz osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani o‘ragan kabi o‘rab, birinchi marta qanday yaratgan bo‘lsak, (o‘sha yaxlit holiga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi va’dadir. Albatta, Biz (shunday) qiluvchidirmiz!»

Dilfuza Komil

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik olim va Qur’on