
Foto: TASS
Xitoyning «Alibaba» kompaniyasi asoschisi Jek Ma Osiyoning eng boy insoniga aylandi. U Hindistonning «Reliance Industries» xoldingi sohibi Mukesh Ambanini ortda qoldirdi, deb yozmoqda «Bloomberg»ga tayanib "Xabar" nashri.
Xitoylik milliarderning boyligi 44,5 mlrd. dollarga baholanmoqda, endi u dunyoning eng boylari reytingida 18-o‘rinda.

Mukesh Ambani. Foto: «Websiteaboutbusiness.com»
O‘tgan sutkada 5,8 mlrd. dollar zarar ko‘rgan Ambanining boyligi endi 41,8 mlrd. dollarga teng.
Jek Ma mobil ilovalarga talab oshgani sababli hamda ma’lumotlarga bulutli texnologiyalar yordamida ishlov berish xizmatlari orqali ayni inqirozdan ko‘rilgan zararni qoplay oldi.
Eslatib o‘tamiz, neft narxlari tushib ketishi oqibatida AQSH ortidan Osiyodagi fond birjalarida ham qulash yuz bergandi.
Jek MaAlibaba KompaniyasiOsiyoning Eng BoyMukesh AmbaniBoylik ReytingiBulutli Texnologiyalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar