
Foto: REUTERS
Koronavirus epidemiyasi sababli dunyo bo‘ylab 363 mln bola maktabga bora olmayapti. Bunday ma’lumotlarni YUNЕSKOning Parijdagi qarorgohi xodimlari keltirishgan.
Parijda turli davlatlar ta’lim vazirlarining tezkor majlisi bo‘lib o‘tdi. Vazirlar epidemiya sababli yuzaga kelgan vaziyat, jumladan 15 ta davlatda maktablar to‘liq va 14 ta davlatda qisman yopilganini muhokama qilishgan. YUNЕSKOda bunday vaziyatda masofadan o‘qitish dasturlarini tatbiq qilish kerakligi aytilgan.
Shu munosabat bilan xalqaro tashkilot saytida ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan onlayn-ta’lim dasturlari va platformalari ro‘yxati e’lon qilingan.
KoronavirusOta-onalarTa’lim VazirlariMaktab YopilishiYUNЕSKO Ma’lumotlariOnlayn-ta’lim Dasturlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar