06:00 / 12.03.2020
2 212

Afg‘oniston AQSH bilan kelishuvga binoan toliblarning bir qismini ozod qiladi

Afg‘oniston AQSH bilan kelishuvga binoan toliblarning bir qismini ozod qiladi
Foto: news-front
Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” harakatining 1500 nafar a’zosini ozod qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu harakat AQSH rahbariyati bilan kelishuv doirasida yuz berdi, deb xabar beradi Reuters'ga tayanib Sof.uz.

Birinchi mahbuslar to‘rt kundan keyin qo‘yib yuboriladi. Qarorga ko‘ra, ozod qilingan barcha toliblar "jang maydoniga" qaytmaslik majburiyatini olishlari kerak.

Umuman olganda, ozod qilish jarayoni 15 kunni tashkil qilishi kerak, ya’ni qamoqxonadan kuniga yuz kishi chiqib ketishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir qatorda, Afg‘oniston hukumati toliblar bilan muzokaralarni davom ettirish niyatida va agar ular oldinga siljishsa, mamlakat rasmiylari kuniga qo‘shimcha 500 mahbusdan (umumiy soni 5000 kishidan iborat) qo‘yib yuboradilar.

Tolibonni ozod qilish harakati, afg‘on rasmiylari va AQSH ning fevral oyi oxirida imzolagan kelishuv shartlaridan biridir. Maqsad, Afg‘onistondagi 18 yillik urushni tugatish. Pentagon mamlakatdagi AQSH harbiy kontingentini 8600 kishiga qisqartirilishini e’lon qildi. Hujjatda AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan bosqichma-bosqich olib chiqilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston AQSH bilan kelishuvga binoan toliblarning bir qismini ozod qiladi