00:05 / 13.03.2020
5 176

Turk deputati uyida vafot etgan Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilishi yozilgan xat qoldirgan ekan

Turk deputati uyida vafot etgan Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilishi yozilgan xat qoldirgan ekan
Foto: Anadolu Agency
Turkiya parlamenti deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida vafot etgan o‘zbekistonlik Nodira Qodirova ishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar aniqlandi. Bu haqda «Qalampir.uz» ma’lum qildi.

Avvalroq Turkiyaning Anqara shahrida vafot etgan Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq ish yopilib, sud-tibbiy ekspertizasi e’lon qilingani va unda qotillik alomatlari aniqlanmagani haqida xabar berilgandi.

Anqara prokuraturasi tomonidan qabul qilingan so‘nggi qarorda Nodira Qodirovaning o‘z joniga qasd qilgani, uni o‘zini o‘ldirishga majburlagan, o‘z joniga qasd qilishga undagan, buni qo‘llab-quvvatlagan yoki unga yordam bergan shaxs yoki shaxslarning topilmagani aytilgan.

Shuningdek, sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga ko‘ra, uning tanasida jinsiy zo‘ravonlik belgilari aniqlanmagan. Uning kundaligi va vafotidan ikki kun avval qoldirgan maktubida o‘z joniga suiqasd qilishi yozilgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 23 sentabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar qiz Nodira Qodirova Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning uyida vafot etgan edi. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning «Adolat va taraqqiyot» partiyasidan Millat majlisi deputatligiga saylangan Shirin Unalning uyida xizmatchi bo‘lib ishlagan Qodirova vafoti bo‘yicha tergov harakatlari 5 oydan ortiq vaqt davom etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turk deputati uyida vafot etgan Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilishi yozilgan xat qoldirgan ekan