06:27 / 13.03.2020
2 653

Turkiyadagi maktablar va universitetlarda ta’til e’lon qilindi

Turkiyadagi maktablar va universitetlarda ta’til e’lon qilindi
Foto: Anadolu Ajansi
Turkiya prezidenti matbuot kotibi Kalin prezident Erdo‘g‘an raisligida o‘tkazilgan yangi koronavirus bo‘yicha yig‘ilishda ko‘rilgan choralar haqida e’lon qildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligida yangi turdagi koronavirus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar to‘g‘risida yig‘ilishda 16 martdan boshlab mamlakatdagi boshlang‘ich va o‘rta maktablarga bir hafta davomida ta’til e’lon qilinishi bo‘yicha qaror qabul qilingan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin ma’lum qilgan.

«O‘quvchilar 23 martdan boshlab bir hafta davomida uyda internet va televizion kanallar yordamida tahsil olishadi.

Bizning fuqarolarimiz faollik ko‘rsatgan holda, vahima qilmay rasmiy bayonotlarni tinglash va tavsiyalarga diqqat bilan rioya qilish orqali bu jarayonni yengib o‘tishlari juda muhimdir», degan u.
Shuningdek, 16 martdan boshlab universitetlar 3 hafta ta’tilga chiqishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyadagi maktablar va universitetlarda ta’til e’lon qilindi