09:05 / 14.03.2020
2 151

Qozog‘istonda masjidlarga tibbiy niqoblarda kelish tavsiya qilindi

Qozog‘istonda masjidlarga tibbiy niqoblarda kelish tavsiya qilindi
Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev
Qozog‘iston musulmonlar diniy boshqarmasi koronavirus epidemiyasi ortida namozxonlarga masjidlarga tibbiy niqoblarda kelishni va jamoat namozlariga bolalarni olib kelmaslikni tavsiya qildi.

Avvalroq boshqarma o‘tkir respirator virus infeksiyasining ilk alomatlarida shifokorga murojaat qilish va jamoat joylari, jumladan masjidlarga tashrif buyurmaslikka chaqirgan.

Qozog‘iston musulmonlar diniy boshqarmasi musulmonlarni rejalashtirilgan tadbirlar va tantanalarni imkoni boricha qisqartirish yoki boshqa sanaga ko‘chirishga chaqiradi. Jamoat namozini o‘qigandan keyin qo‘l siqishib so‘rashishdan qochish, odamlar to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur”, deyilgan boshqarma saytida.

Boshqarma namozxonlarga masjidlarga tibbiy niqobda kelishni, uyda tahorat olishni, namozdan keyin masjidda ushlanib qolmaslikni, jamoat namozlariga balog‘atga yetmaganlar bilan kelmaslikni tavsiya qilgan.

Keksa yoshlilar, bemorlar va ayollar jamoat namozlarida qatnashmasliklari maqsadga muvofiq bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Avvalroq Qozog‘istonda koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilindi. Qozog‘istonga Germaniyadan qaytgan erkak va ayolda hamda Moskva orqali Milandan kelgan ayolda virus aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda masjidlarga tibbiy niqoblarda kelish tavsiya qilindi