15:28 / 14.03.2020
3 713

Tergovga chaqirilgan sobiq prezident "juftakni rostladi"...

Tergovga chaqirilgan sobiq prezident "juftakni rostladi"...
Foto: “Google Images”
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko xayr-ma’zurni nasiya qilib mamlakatni tark etdi. Holbuki, Ukraina davlat taftish byurosi jinoiy ish doirasida uni tergovga chaqirgan edi. Sobiq prezident Frankfurt shahri orqali Ispaniyaga yo‘l olgan. U ayni paytda ushbu davlatdami yoki boshqa mamlakatga ravona bo‘lganmi – noma’lum.

Xabarlarga ko‘ra, tergov ishi doirasida Pyotr Poroshenkoga nisbatan qamoqqa olish chorasi ko‘rilishi ehtimoli katta edi. Shu bois sobiq davlat rahbari oshig‘ich ravishda mamlakatni tark etishga qaror qilgan.

Pyotr Poroshenko prezidentlikdan ketgach, unga nisbatan oz emas, 14 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jinoiy «guldasta» orasida davlatga xiyonat, sud hokimiyati faoliyatiga to‘sqinlik qilish, pul «yuvish” kabi qonunbuzarliklar mavjud.

Tergov idorasiga ko‘ra, 2018 yilda sobiq prezident oilasi bilan Maldivga qalbaki pasport bilan sayohat qilgan.

P.Poroshenko davlat rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan paytda ham «Yevromaydon»dagi norozilik namoyishlarida (2014 yil) odamlarning halok bo‘lishi holati bo‘yicha suhbatga chaqirilgan.

Sobiq prezidentning o‘zi aybsiz ekani bois jinoiy ta’qibdan qo‘rqmasligini aytib keladi. «Boshimni xam qilishga arziydigan biror ish qilmaganman» deydi u.

Asli tadbirkor bo‘lmish Pyotr Poroshenko Ukrainaga 2014-2019 yillarda rahbarlik qilgan. Ayni paytda u Ukraina Oliy radasi deputati hamda «Yevropa birdamligi» siyosiy partiyasi raisi sanaladi.

Ukrainani Poroshenkoga qadar boshqargan Viktor Yanukovichga nisbatan ham davlatga xiyonat kabi og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Sobiq arbob mamlakat parlamenti qarori bilan Ukraina prezidenti degan unvondan mahrum etilgan.

S.Salim

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tergovga chaqirilgan sobiq prezident "juftakni rostladi"...