07:20 / 17.03.2020
4 651

Lukashenkoning koronavirusga qarshi «dorisi»

Lukashenkoning koronavirusga qarshi «dorisi»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hukumat bilan o‘tkazgan yig‘ilishda qator dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Albatta, asosiy urg‘u koronavirus muammosiga berildi.

Lukashenkoning fikricha, koronavirusni deb vahima ko‘tarish yaramaydi, belaruslar ishlashda davom etishi kerak. Ayniqsa, bu gap qishloqdagilarga tegishli.

«Televizorda odamlar traktorda ishlayotganini ko‘rish yoqimli, hech kim koronavirusni gapirmaydi. U yerda hammani traktor davolaydi! Hammani dala davolaydi!», — dedi Belarus rahbari.

Ta’kidlash kerakki, bungacha Lukashenko koronavirusni deb uning mamlakati bilan chegaralarni yopgan Rossiyadan norozi bo‘lgandi. Axir bu mamlakatning iqtisodiyotiga zarba bo‘ladi-ku!

«Shunga borib yetdiki, bizning qadrdon Rossiya — ta’kidlayman — Belarus bilan chegarasini yopdi», — xafa bo‘lgandi Lukashenko.
Uning fikricha ushbu qarorni hukumat emas, Rossiya prezidenti chiqarishi kerak edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirusni yuqtirganlar soni 36 nafar bo‘lib, shulardan 3 nafari sog‘ayib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenkoning koronavirusga qarshi «dorisi»