Foto: «Twnews.se»
Kecha, 16 mart kechki payt Xitoyning Venchan kosmodromida «Chanchjen-7A» («Buyuk yurish-7A») raketa-tashuvchisining birinchi parvozi amalga oshirildi. Ammo urinish omadsiz chiqdi, deb xabar berdi «Sinxua» agentligiga tayanib "Xabar" nashri.
«Xitoylik fazoviy muhandislar hodisa sabablarini o‘rganishmoqda», — deyiladi xabarda.
«Chanchjen-7» Xitoyning yangi turdagi, o‘rta sinfga mansub ikki bosqichli raketa-tashuvchisi bo‘lib, ekologik toza raketa yonilg‘isi — suyuq kislorod va kerosindan foydalanadi. Xitoyning kelajakdagi fazoviy sayohatlarida asosiy o‘rinni tutishi kutilayotgan turli modifikatsiyadagi bu raketalar hozirgi «Chanchjen-2», 3 va 4 larning o‘rnini egallashi kutilyapti. Masalan, yangi raketalar mamlakatning yangi orbita stansiyasiga xizmat ko‘rsatishga jalb etishi ma’lum qilingan.
«Chanchjen-7» Yerning quyi orbitasiga 13,5 tonnagacha, Quyosh-sinxron orbitaga 5,5 tonnagacha, geoo‘tish orbitasiga 7 tonnagacha og‘irlikdagi kosmik apparatlarni olib chiqishga mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi