
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 14 ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda Kazinform nashri xabar berdi.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi 17 mart soat 9:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda 13 kishi koronavirus yuqtirganini qayd etgan edi.
«Bugun Almatida yana 3 ta koronavirus ro‘yxatga olinganini avval xabar qilgandik. Hozirda Nur-Sultanda 14 yangi bemor ro‘yxatga olingan. Ushbu bemorlar karantinga yotqizilgan va ular bilan aloqada bo‘lgan shaxslar bilan ish olib borildi. Ular bilan aloqada bo‘lgan hamma odam aniqlanmoqda», - dedi Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov onlayn matbuot anjumanida.
Jami bemorlar soni Qozog‘istonda 27 kishiga yetdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar