
Foto: RIA Novosti / Nina Alekseyeva
Butun dunyodagi tadqiqotchilarga sinov dorilarini tizimli ravishda baholash tavsiya etilmoqda.
Koronavirusga qarshi vaksina dastlabki sinovdan o‘tkazila boshlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi.
"Virusning genetik ketma-ketligi aniqlanganidan atigi 60 kun o‘tib vaksinaning dastlabki sinovlari o‘tkazilishi boshlandi. Bu tasavvur qilib bo‘lmas muvaffaqiyat. Biz butun dunyodagi tadqiqotchilarga sinov dorilarini tizimli ravishda baholashni tavsiya etmoqdamiz", - dedi u.
Avvalroq AQSHda koronavirusga qarshi vaksinaning dastlabki klinik sinovlari o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Bugunga kelib dunyo bo‘ylab 160dan ortiq davlatda 190 mingdan ortiq infeksiya holati tasdiqlangan; koronavirus 7,5 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar