
Koronavirus infeksiyasini yangi yuqtirganlarning yetti nafari Qozog‘iston poytaxtida qayd etildi. Kasallanganlarning umumiy soni 44 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
«Nursulton shahrida yana 7 kishida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati qayd etildi. Hozirgi kunda mamlakatda 44 ta koronavirus holati ro‘yxatga olingan», — deb yozadi «RIA Novosti».
Press-relizda yozilishicha, koronavirusga chalinganlarning 19 tasi Olmaotada, 25 tasi Nursultonda qayd etilgan.
Bugundan Nursulton va Olmaotada koronavirus tufayli karantin joriy etildi. 16 martdan beri mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing