21:41 / 22.03.2020
4 154

Xorvatiyada ikkita kuchli yer silkinishi yuz berdi (foto)

Xorvatiyada ikkita kuchli yer silkinishi yuz berdi (foto)
Foto: France 24
Xorvatiyada besh balli magnitudadan kuchliroq ikkita kuchli zilzila ro‘y berdi, tongda kamida beshta silkinish kuzatilgan, deb xabar berdi Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologik markazining Twitter’dagi sahifasi.

5,3 magnitudali dastlabki silkinishlar Zagreb shahrida kuzatildi, zilzila epitsentri poytaxtga yaqin joyda, zilzila mahalliy vaqt bilan 06:24 da kuzatilgan. Oradan yarim soat vaqt o‘tgach yer silkinishi yana sodir bo‘lgan va uning magnitudasi ham 5 ball ekani qayd etilmoqda.

Foto: Gulf News
Silkinishlar oqibatida mamlakatdagi ayrim binolarning muayyan qismi buzilib tushgan, ko‘chalardagi avtomobillar ustiga binolar g‘ishtlari, qismlari qulab tushgan, ayrim turar joy hududlarida elektr ta’minoti o‘chib qolgan. Shuningdek, zilziladan Zagreb saroyi ham talafot ko‘rgan.

Foto: CP24
Shifokorlarning xabariga ko‘ra, tabiiy ofatdan bir nafar 15 yoshli o‘smirga shikast yetgan. Uni tez yordam guruhi ko‘chada jarohatlangan holda topgan, bolaning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda, — deyiladi The Dubrovnik Times xabarida.

Foto: Al Jazeera
Dastlabki uchta silkinishdan keyin Xorvatiyada yana uchta nisbatan kuchsiz zilzilalar kuzatilgan. Yer qimirlashining magnitudasi mahalliy vaqt bilan 07:41 da 3,7 ballni, 08:04 da 3,1 hamda 08:10 da 3 ballni tashkil etgan.

Foto: Croatia Week
Yanvar oxirida Turkiya sharqida Elazig viloyatida 6,8 balli kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Oqibatda 41 nafar odam halok bo‘lgan, 1,6 mingdan ko‘proq odam jarohatlangan, xarobalar ostida 45 nafar odam qutqarib olingandi. Sivrije shahri epitsentrga yaqin bo‘lgani sabab zilziladan kuchli talafot ko‘rgandi. TIV Turkiyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xorvatiyada ikkita kuchli yer silkinishi yuz berdi (foto)