Foto: AP
AQSHning sobiq vitse-prezidenti, Demokratlar partiyasidan AQSH prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lish huquqi uchun kurashayotgan Jo Bayden siyosiy faoliyatini o‘z uyi yerto‘lasidan olib borishga majbur bo‘lmoqda.
Bu haqda The Washington Post'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.
Bu maqsadda Bayden tomonidan hordiq chiqarish uchun qo‘llangan yerto‘la televizion intervyular va videomurojaatlar olib borishga mo‘ljallangan studiya ko‘rinishiga keltirilgan. Nashrning ta’kidlashicha, bu yerda yozilayotgan kontentni sifatli deb bo‘lmaydi: Baydenning murojaati yozilgan fon yomon yoritilgani sababli, hattoki siyosatchining ba’zi tarafdorlari ham videoni terrorchilar ishtirokidagi videoga qiyoslashgan.
Shuningdek, Bayden videoanjuman formatini qo‘llashga uringan. Biroq OAVda bu urinish ham muvaffaqiyatsiz deb topilgan, chunki translyatsiya texnik muammolar bilan borgan va Facebook Live’da bor-yo‘g‘i 4 daqiqa davom etgan.
Noyabrda 78 yoshni qarshilaydigan siyosatchi AQSHda koronavirus epidemiyasi sababli bir necha haftadan beri o‘z uyida karantinga amal qilmoqda. Bu esa unga prezidentlik kampaniyasini olib borishida qiyinchilik tug‘dirmoqda. 17 martdan 23 martgacha esa Bayden umuman ko‘rinish bermagan. Bu orada amaldagi prezident, respublikachilardan asosiy nomzod Donald Tramp aksincha har kuni brifinglar o‘tkazmoqda va intervyular bermoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lish uchun kurashda yetakchilik qilayotgan Baydenni 1215 ovoz beruvchi delegat, uning raqibi senator Berni Sandersni 910 delegat qo‘llab-quvvatlamoqda. Saylovlarda ishtirok etish uchun 1991 delegatning roziligini olish lozim. Respublikachilar orasida esa so‘zsiz Tramp yetakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi