Foto: IANS
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish G20’ning videoaloqa shaklida o‘tgan sammitida “Katta yigirmatalik” davlatlari yetakchilari koronavirusga qarshi kurashda g‘alaba qozonish uchun “harbiy davr” rejasini ishlab chiqishi lozimligini aytdi.
“Biz virus bilan urush holatida turibmiz va hozircha g‘alaba qozonmayapmiz. Uch oy ichida kasallanganlar soni 100 mingga yetgandi. Yana 12 kun ichida ular soni yana 100 mingga oshdi. Uchinchi marta ular soni 100 mingga bor-yo‘g‘i 4 kunda ko‘paydi. Va, nihoyat, 4-marta – 1,5 kun ichida”, deb aytgan Guterrish.
“Urushda kurashish uchun harbiy davr rejasi lozim. Birdamlik bunda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, yigirmatalik guruhining rivojlanayotgan dunyo, ixtiloflar borayotgan davlatlar bilan birdamligi”, deb ta’kidlab o‘tgan BMT bosh kotibi.
Guterrish “yigirmatalik” davlatlari ko‘rishi kerak bo‘lgan uchta aniq harakatlar yo‘nalishi qatorida virus tarqalishini to‘xtatish, iqtisodiy oqibatlarni minimallashtirish va kelajakda barqarorroq global iqtisodiy tizim tuzish lozimligini aytgan.
Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan kasallanganlar soni 509 ming nafardan, undan vafot etganlar soni 23 mingdan oshib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi