13:00 / 27.03.2020
7 216

Uxanda koronavirusini yuqtirgan birinchi bemor kim edi?

Uxanda koronavirusini yuqtirgan birinchi bemor kim edi?
Covid-19 virusini yuqtirgan birinchi xitoylik bemor Uxandagi Xuanan dengiz bozorida sotuvchilik qiladigan Vey ismli ayol bo‘lib chiqdi. Ta’kidlanishicha, u qanday qilib infeksiyani aniq yuqtirganligi hozirgacha noma’lum. Bu haqda RIA Novostiga tayanib "Darakchi" xabar bermoqda.

Nashr, shuningdek, birinchi yuqtirganlar ro‘yxati bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Xuanan bozoriga 24 kishi tashrif buyurgan, ularning to‘rttasi xuddi shu oilaning a’zolari.

Ma’lum bo‘lishicha, Vey uzoq vaqt bozor yaqinida yashagan. U o‘zida yuqori haroratni sezib, uyining birinchi qavatidagi klinikaga murojaat qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, normal holatlarda shamollashni yengib tezda tuzalib ketgan. Ammo bu safar xavotirga tushadi, chunki hatto ukollar ham kasallikdan xalos bo‘lishga yordam bermaydi. Ayol boshqa klinikaga murojaat qilganida, u yerda ham unga yordam berisha olmagan.

16 dekabr kuni Vey Xuanjun Fan-Texnologiya Universitetining “Wuhan Union Hospital” kasalxonasiga yetib kelgan va shifokorlar unda koronavirus borligini tasdiqlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uxanda koronavirusini yuqtirgan birinchi bemor kim edi?