Foto: «Lebijou.com»
Shveysariyadagi Le Bijou Hotel & Resort mehmonxonalar tarmog‘i koronavirus tufayli karantinga olingan badavlat mijozlariga COVID-19 Service deb nomlangan yangi xizmatdan foydalanishni taklif etmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.
Mehmonxonalar tarmog‘i xususiy tibbiy xizmat bilan hamkorlikda puldor mijozlariga ovqat yetkazib berish, tibbiy xizmatlar, koronavirus bor-yo‘qligini tekshiruvchi testni ichiga olgan hashamatli hayot tarzini taklif qilishga tayyorligini bildirgan.
Bunda barcha mijozlar to‘liq izolyatsiya qilinadi.
Syurix, Sug va Lyutserndagi hashamatli kvartiralar yangi egalarini kutmoqda, deyiladi xabarda.
Kvartira va nomerlarda bir sutka yashash 200 frankdan 800 frankkacha (210 dollardan 840 dollargacha) baholanmoqda.
Le Bijou Hotel & Resort bunday nomerlardan 42 ta tayyorlab qo‘ygan. Qayd etilishicha, ularning yarmi allaqachon mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi