Foto: Daily Mirror
Meksikada yashovchi erkak uy karantinida bo‘lgan vaqtida do‘kondan oziq-ovqat sotib olishning antiqa usulini o‘ylab topdi, deb yozadi Daily Mirror.
Antonio Munosning aytishicha, karantin paytida do‘konga oziq-ovqat sotib olish uchun uning chixuaxua zotiga mansub iti boradi.
Erkak karantinning uchinchi kunida itining bo‘yinbog‘iga xaridor uchun xat va pul bog‘lab, uni do‘konga yuborgan.
«Iltimos, itimga Cheetos chipslaridan biroz berib yuborsangiz. Qizilidan emas, sariq ranglisidan bering, qizili juda achchiq. Itimning bo‘yinbog‘ida 20 dollar bor. Aytib qo‘yay, itimni xafa qilsangiz, u sizni tishlab oladi», — deb yozdi erkak qog‘ozga.
Foto: Daily Mirror
Antonioning so‘zlariga ko‘ra, iti ushbu vazifani ado etishga ketayotganida biroz asabiylashgan. Birozdan so‘ng esa u paketga solingan chipslarni tishlab ortga qaytgan.
Foto: Daily Mirror
Antonio o‘zi xohlagan chipslarni olgan.
Ma’lumot uchun, chixuaxua dunyodagi eng mitti it turi hisoblanadi. Ularning bo‘yi uzunligi odatda 15 santimetrdan 23 santimetrgacha bo‘ladi. Og‘irligi esa uch kilogrammdan oshmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?