11:33 / 31.03.2020
2 285

Rafiqasi bilan masofa saqlagan Robbi Uilyams karantindan chiqib, bolalarini bag‘riga bosdi (video)

Rafiqasi bilan masofa saqlagan Robbi Uilyams karantindan chiqib, bolalarini bag‘riga bosdi (video)
Foto: Instagram/aydafieldwilliams
46 yoshli xonanda Robbi Uilyams Avstraliyadan Los-Anjelesga qaytgach karantinda bo‘lishga majbur bo‘ldi. Robbi ushbu vaqtda turmush o‘rtog‘i Ayda Fild va 4 nafar farzandi bilan bir uyda ijtimoiy masofa saqlagan, deb yozadi Cosmopolitan.

Oila a’zolari yaqiniga kela olmaslik naqadar og‘ir ekaniga qaramay, xonanda va uning rafiqasi ushbu vaziyatga mas’uliyat va shu bilan birga hazil bilan yondashgan.

Buni Ayda Instagram sahifasiga joylagan videodan ham bilsa bo‘ladi. Qo‘shiqchining rafiqasi balkondan turib deraza ostidagi turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashgan. Ayda o‘zi va erini Shekspir asaridagi Romeo va Julettaga qiyoslagan.

«O, Romeo, Romeo qayerdasan?», — deb so‘raydi Ayda, unga javoban Robbi «Shu yerda, pastdaman», deb javob beradi. Er-xotinning suhbatini ularning 7 yashar qizi Teodora qo‘shni balkondan kuzatib turadi. Robbi qizining sog‘lig‘i haqida qayg‘urib, unga balkonga chiqmaslikni ishora orqali tushuntiradi. Fild videoda aks etgan masofa so‘nggi vaqtlarda ular bir-biriga eng yaqin kelgan masofa ekanini ta’kidlaydi.

Ushbu video iliq mulohazalarga sababchi bo‘ldi, kuzatuvchilar juftlikni ushbu vaziyatga jiddiy mas’uliyat bilan yondashayotgani va yechim sifatida hazilni o‘rniga qo‘yayotganini olqishlab, pozitiv uchun minnatdorlik bildirgan.

Karantinga amal qilgan Robbi oradan 3 hafta o‘tib rafiqasi va farzandlari bilan uchrashdi. Ota va bolalarning bir-birini sog‘inch bilan bag‘riga bosishi aks etgan video bilan Ayda Instagram’ida bo‘lishdi.

«Oradan 3 hafta o‘tib biz yana birgamiz! Biz dadajonimiz bilan uzoq davom etgan karantindan so‘ng uchrashishdan bag‘oyat baxtiyormiz», — deb yozilgan izohda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rafiqasi bilan masofa saqlagan Robbi Uilyams karantindan chiqib, bolalarini bag‘riga bosdi (video)