15:16 / 02.04.2020
2 136

Qozog‘istonlik jurnalist karantin tufayli jonli efirda sevgan qizining qo‘lini so‘radi (video)

Qozog‘istonlik jurnalist karantin tufayli jonli efirda sevgan qizining qo‘lini so‘radi (video)
Foto: «Xabar 24»
Qozog‘istonning «Xabar 24» telekanali jurnalisti Mark Bryushko jonli efirda sevgan qizi Yuliyaning qo‘lini so‘radi. Jurnalist Nur-Sulton shahridagi blokpostlardan biri yonidan reportaj tayyorlayotganida Yuliyaga murojaat qilgan.

Reportyor o‘z lavhasi oxirida koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantin oqibatida shaharlararo transport qatnovlari to‘xtatilgani bois boshqa shaharda yashaydigan hamkasbining qo‘lini so‘rashga ulgurmagani haqida so‘zlab bergan.

Bryushko efirda uzuk solingan qutini olib, Yuliyadan unga turmushga chiqishni so‘ragan.
«Biz sen bilan yaqin orada ko‘risha olmaymiz, lekin sen tuyg‘ularim jiddiyligini bilishingni xohlayman. Javobingni kutib qolaman», — deydi Bryushko.
Aytishlaricha, Yuliya Markka turmushga chiqishga rozilik bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik jurnalist karantin tufayli jonli efirda sevgan qizining qo‘lini so‘radi (video)