
Foto:«Money Control»
Xitoy 4 aprel sanasini koronavirus qurbonlari sharafiga milliy motam kuni sifatida nishonlaydi.
Bu haqida «Money control» internet nashri xabar bergan.
4 aprelda butun Xitoyning chet el elchixonalari va konsulliklarida va boshqa joylarda davlat bayroqlari yarmigacha tushiriladi. Ta’kidlash kerakki, COVID-19 tufayli Xitoyda 3300 dan oshiq odam vafot etgan.
Soat 10:00 da butun mamlakat bo‘ylab xitoyliklar marhumlarni xotirlash uchun uch daqiqalik sukut saqlashadi.
Eslatib o‘tamiz, yangi tipdagi koronavirus 2019 yil oxirida Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan edi.
Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 1 millionga yetgan.
XitoyKoronavirusMilliy MotamMarhumlarni XotirlashCOVID-19Davlat Bayroqlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar