
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 3 aprel kuni koronavirus bo‘yicha xalqiga murojaat bilan chiqdi va Turkiya hududida yangi taqiqilar kuchga kirganini e’lon qildi.
Kuchga kirgan yangi taqiqlar ortidan Turkiyaning eng katta 30 shahriga kirish va chiqishlar taqiqlandi. Shu bilan birgalikda 20 yoshdan kichiklarning ko‘chaga chiqishi va aholining bozorlarda niqobsiz yurishi ham taqiqlandi.
Erdo‘g‘an insonlar bir biridan 3 qadam bo‘lgan masofada turmaganlarga ham jazo tayinlanganligini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Turkiyada jami 20 921 nafar inson koronavirusdan kasallandi. Ularning 425 nafari vafot etdi, 484 nafari esa sog‘ayib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etilgandi. 16 martdan boshlab mamlakatdagi barcha ta’lim dargohlari berkitilgan. Keyinchalik 65 yoshdan kattalarning ko‘chaga chiqishi ta’qiqlangan. Biroz vaqt o‘tib esa Turkiya barcha mamlakatlar bilan aviaqatnov to‘xtagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar